Biologyarticle2026-10-14

SUT ZARDOBINI CHUQUR QAYTA ISHLASH ORQALI FUNKSIONAL VA PARHEZ OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI HAMDA BIOKOMPONENTLAR OLISH TEXNOLOGIYASI

Open access0 citations

Abstract

Ushbu maqolada sut zardobini chuqur qayta ishlash orqali funksional va parhez oziq-ovqat mahsulotlari hamda biologik faol komponentlar olish texnologiyasining ilmiy-nazariy asoslari yoritilgan. Sut zardobining kimyoviy tarkibi, oziqaviy qiymati, tarkibidagi oqsillar, laktoza, mineral moddalar va biologik faol birikmalardan samarali foydalanish imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, membranali filtrlash, ultrafiltratsiya, nanofiltratsiya, quritish, fermentativ gidroliz va biotexnologik usullar yordamida zardobdan yuqori qiymatli mahsulotlar olish istiqbollari ko'rib chiqilgan. Sut zardobini kompleks qayta ishlashning iqtisodiy va ekologik afzalliklari, tayyor mahsulotlar sifatini ta'minlash hamda ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish yo'nalishlari asoslab berilgan.

// Source

View paper (DOI)Open access versionOpenAlexZenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)Published 2026-10-14

Authors: Aliyeva Sarvinoz O'ktamjon qizi