FARG'ONA VODIYSI MUZLIKLARINING ZAMONAVIY HOLATI VA IQLIM O'ZGARISHI TA'SIRI
Abstract
Farg'ona vodiysini oziqlantiruvchi Norin va Qoradaryo havzalari hamda Oloy–Turkiston yon bag'irlaridagi muzliklar so'nggi yarim asrda sezilarli qisqardi. Norin havzasida muzlik maydoni 1970-yillardagi 1210 km² dan 2000-yillar o'rtasida 926 km² gacha (≈23 %) kamaydi; Qirg'iziston bo'yicha umumiy muzlik maydoni 1940–1970-yillar katalogiga nisbatan ≈16 % qisqardi. Maqolada nashr etilgan kataloglar, sun'iy yo'ldosh va gidrometeorologik tadqiqotlar natijalari tizimlashtirilib, vodiy atrofidagi muzliklar o'zgarishining hududiy qonuniyatlari tahlil qilindi. Qisqarish kichik (1 km² dan kichik) muzliklarda tezroq kechishi, Qoradaryo havzasida esa muzlik maydoni deyarli o'zgarmaganligi aniqlandi. Muzliklarni baholashning Landsat/Sentinel-2 tasvirlari, Mann–Kendall testi va CMIP6 ssenariylariga asoslangan metodik sxemasi taklif etildi.
// Source
Authors: Umidjon Turdimatov