Society & Economicsarticle2026-10-17

YALPI HUDUDIY MAHSULOT (YHM) VA XIZMATLAR SOHASINING KONVERGENSIYA (SIGMA-KONVERGENSIYA) KO'RSATKICHLARI TAHLILI

Open access0 citations

Abstract

Ushbu ilmiy maqolada O'zbekiston Respublikasi hududlari kesimida Yalpi hududiy mahsulot (YHM), xizmatlar sohasi va daromadlar ko'rsatkichlarining hududiy yaqinlashuv (konvergensiya) jarayonlari statistik hamda ekonometrik usullar yordamida tadqiq etilgan. Tadqiqotda R. Barro va X. Sala-i-Martinning neoklassik o'sish nazariyasiga tayangan holda σ-konvergensiya (hududlararo dispersiya va variatsiya koeffitsiyentining vaqt davomida kamayishi) hamda β-konvergensiya (kam rivojlangan hududlarning jadalroq o'sishi) ko'rsatkichlari baholandi. Tahlillar natijasida 2019–2024-yillarda respublikada iqtisodiy nomutanosibliklarni o'lchovchi Genriqsen indeksi 0,308 dan 0,254 gacha, σ-konvergensiya dispersiyasi esa 26,4 foizdan 19,8 foizga pasayib, hududlararo qisman yaqinlashuv tendensiyasi mavjudligi aniqlandi. Shuningdek, 2021–2025-yillarda hududlararo kambag'allik ko'rsatkichlari bo'yicha keskin σ-konvergensiya (variatsiya koeffitsiyenti 0,444 dan 0,157 gacha qisqardi) kuzatilgan bo'lsa-da, YHMning absolyut standart og'ishi (8 757 mlrd so'mdan 22 438 mlrd so'mga) va aholi daromadlari variatsiyasi (0,338 dan 0,466 gacha) ortgan. Maqolada xizmatlar sohasining hududiy konsentratsiyasi, aglomeratsiya effektlari hamda "poverty convergence vs. prosperity divergence" (kambag'allik konvergensiyasi va farovonlik divergensiyasi) hodisasi ilmiy jihatdan asoslab berilgan.

// Source

View paper (DOI)Open access versionOpenAlexZenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)Published 2026-10-17

Authors: Nigora Axralovna Shakirova, Bexruz Jamshid o'g'li Baxtiyorov