Society & Economicsarticle2026-10-17

ARXEOLOGIK TOPILMALAR ASOSIDA QADIMGI OʻZBEKISTON AHOLISI TURMUSH TARZI

Open access0 citations

Abstract

Ushbu ilmiy maqolada arxeologik topilmalar asosida qadimgi O'zbekiston hududida yashagan aholining turmush tarzi, xo'jalik faoliyati, uy-joy qurilishi, hunarmandchiligi, savdo-iqtisodiy aloqalari hamda moddiy va ma'naviy madaniyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda qadimgi va ilk o'rta asrlar davriga oid Afrosiyob, Dalvarzintepa va boshqa arxeologik yodgorliklardan aniqlangan turar joylar, mudofaa inshootlari, sopol buyumlar, mehnat qurollari, hunarmandchilik ustaxonalari, bezaklar, tangalar, diniy xarakterdagi ashyolar va monumental tasviriy san'at namunalari asosiy manba sifatida ko'rib chiqiladi. Arxeologik materiallar orqali aholining kundalik hayoti, ishlab chiqarish faoliyati, shahar va qishloq muhitining shakllanishi hamda turli madaniy aloqalarining rivojlanish xususiyatlari ochib beriladi. Xususan, Afrosiyob qazilmalarida turar joylar, kulolchilik va metallga ishlov berish ustaxonalari, suv ta'minoti inshootlari, turli maishiy buyumlar va devoriy rasmlarning aniqlangani qadimgi Samarqand aholisi hayotining ko'p qirrali bo'lganini ko'rsatadi. Dalvarzintepa materiallari esa Shimoliy Baqtriya hududida shahar madaniyati, hunarmandchilik, zargarlik va diniy hayot rivojlanganini aniqlash imkonini beradi.

// Source

View paper (DOI)Open access versionOpenAlexZenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)Published 2026-10-17

Authors: Rayxona Shuxratjon qizi Shermuxammadova