O'ZBEKISTONDA INFLYATSIYA VA AHOLI XARID QOBILIYATI O'RTASIDAGI BOG'LIQLIK: 2019–2026-YILLAR TAHLILI
Abstract
Maqolada O'zbekistonda 2019–2026-yillarda inflyatsiya, iste'mol narxlari, aholi daromadlari va xarid qobiliyati o'rtasidagi bog'liqlik statistik ma'lumotlar asosida tahlil qilinadi. Iste'mol narxlari indeksi (INI), nominal ish haqi va aholining real jami daromadlari dinamikasi taqqoslanadi. Rasmiy statistik qatorlar 2025-yil yakunigacha yillik kesimda, 2026-yil uchun esa maqola tayyorlangan vaqtda e'lon qilingan davriy ko'rsatkichlar doirasida ko'rib chiqiladi. Natijalar narxlar o'sishi sekinlashishi narxlar pasayishi degani emasligini, xarid qobiliyati esa daromadlarning narxlardan tezroq yoki sekinroq o'sishiga bog'liqligini ko'rsatadi. Yakunda real daromad ko'rsatkichlarini muntazam kuzatish va pul-kredit siyosati kommunikatsiyasini kuchaytirish bo'yicha takliflar beriladi.
// Source
Authors: Nigora Axralovna Shakirova, Shoxro'z Aktamjon o'g'li Safarov