TOKDA UCHRAYDIGAN FITOPATOGEN ZAMBURUG'LAR VA ULARNING UZUM HOSILDORLIGI HAMDA SIFATIGA TA'SIRI
Abstract
Ushbu maqolada tok (Vitis vinifera L.) o'simligida uchraydigan asosiy fitopatogen zamburug'lar, ularning rivojlanish xususiyatlari hamda uzum hosildorligi va meva sifatiga ta'siri tahlil qilinadi. Tokda keng tarqalgan un-shudring, mildyu va kulrang chirish kasalliklarining kelib chiqishi, tashqi belgilari va rivojlanishiga ta'sir etuvchi ekologik omillar yoritilgan. Shuningdek, fitopatogenlar ta'sirida fotosintez jarayonining susayishi, uzum boshlarining zararlanishi, mevalarning tovarboplik xususiyati pasayishi va hosil yo'qotishlarining yuzaga kelish mexanizmlari ko'rib chiqilgan. Maqolada kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi kurashishda agrotexnik, biologik hamda kimyoviy himoya usullarini uyg'unlashtirishning ahamiyati asoslab beriladi.
// Source
Authors: Davron Kamol o'g'li Maxmudov