O'ZBEKISTONDA KICHIK BIZNESNI MOLIYALASHTIRISH VA IMTIYOZLI KREDITLARNING IQTISODIY SAMARADORLIGI: MUAMMOLAR, STATISTIK TAHLIL VA YECHIMLAR
Abstract
Maqolada O'zbekistonda kichik va o'rta biznesni moliyalashtirish, imtiyozli kreditlarning vazifasi hamda ularning iqtisodiy samaradorligini baholash masalalari o'rganiladi. Tadqiqot Markaziy bank statistikasi, Jahon bankining 2025-yilda e'lon qilingan "Access to Finance for Jobs and Growth" loyihasi, Osiyo taraqqiyot banki tadqiqotlari va milliy normativ-huquqiy hujjatlar tahliliga asoslanadi. Markaziy bank ma'lumotlariga ko'ra, jami bank kreditlari 2025-yil 1-yanvardagi 533,121 trln so'mdan 2026-yil 1-yanvarda 604,002 trln so'mga yetgan; tadbirkorlikni rivojlantirish kreditlari esa 19,523 trln so'mdan 40,474 trln so'mga oshgan. Jahon banki bahosida mikro, kichik va o'rta korxonalar korxonalarning 90 foizidan ortig'ini, bandlikning 75 foizini va YaIMning qariyb 55 foizini tashkil etadi, biroq kreditga kirish cheklovlari saqlanib qolmoqda. Maqolada imtiyozli kredit samaradorligini ajratilgan mablag' hajmi bilan emas, balki qo'shimcha ish o'rinlari, unumdorlik, biznesning yashovchanligi, soliq tushumlari va kredit qaytimi bilan baholash taklif etiladi.
// Source
Authors: Nigora Axralovna Shakirova, Aktamov Orzubek Jurabekovich