MINTAQADA SANOAT KORXONALARINI SAMARALI JOYLASHTIRISHNING ILGʻOR XORIJ TAJRIBALARI
Abstract
Tezisda sanoat korxonalarini mintaqalar boʻyicha samarali joylashtirishning nazariy asoslari va ilgʻor xorij tajribasi tahlil qilingan. Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya, Germaniya, Yaponiya va Malayziyada qoʻllanilgan iqtisodiy-texnologik rivojlanish zonalari, sanoat majmualari, tashkil etilgan sanoat zonalari, klasterlar va mintaqaviy koridorlar modellari qiyosiy baholangan. Buxoro viloyati sanoatining 2025-yil statistik ma'lumotlari asosida ishlab chiqarishning hududiy jamlanishi va texnologik tuzilmasidagi nomutanosibliklar aniqlangan. Xorij tajribasi asosida tumanlarni ixtisoslashtirish, yerdan foydalanish samaradorligi reytingini joriy etish va agrosanoat zonalarini tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqilgan.
// Source
Authors: Kudratov Muhammad Rustamovich