O'RGIMCHAKLARNING GLOBAL EKOTIZIMLARDA ENTOMOFAGLAR SIFATIDAGI ROLI: O'LJA ISTE'MOLI VA TABIIY BIOLOGIK NAZORAT
Abstract
O'rgimchaklar (Araneae) quruqlik ekotizimlarida hasharotlar va boshqa mayda bo'g'imoyoqlilar bilan oziqlanuvchi muhim yirtqichlar guruhidir. Mazkur ishda o'rgimchaklarning entomofaglik xususiyatlari, global miqyosdagi o'lja iste'moli va tabiiy biologik nazoratdagi roli xalqaro ilmiy tadqiqotlar asosida tahlil qilindi. Nyffeler va Birkhofer (2017) hisob-kitoblariga ko'ra, dunyo o'rgimchaklar jamoasi bir yilda taxminan 400–800 million tonna o'lja biomassasini iste'mol qiladi. Michalko va hammualliflar (2019) tomonidan 58 ta tadqiqot asosida o'tkazilgan meta-tahlilda o'rgimchaklar qishloq xo'jaligi zararkunandalarini nazorat qilish bo'yicha o'rganilgan holatlarning 79 foizida zararkunandalar sonini kamaytirgan. Ushbu natijalar o'rgimchaklarning ekologik vazifasi va tabiiy biologik nazoratdagi ahamiyatini ko'rsatadi. Shu bilan birga, ularning ta'siri yashash muhiti, o'lja tarkibi va ekotizim xususiyatlariga qarab farqlanishi ta'kidlanadi.
// Source
Authors: A. I. Eshmamatov, F. A. Shodmonov