O'ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOT RIVOJLANISHINING STATISTIK KO'RSATKICHLARI VA UNING IQTISODIY O'SISHGA TA'SIRI
Abstract
Raqamli iqtisodiyot O'zbekistonning iqtisodiy o'sishi va global raqobatbardoshlikni oshirishda muhim ahamiyatga ega, biroq uning rivojlanishining statistik ko'rsatkichlari bo'yicha chuqur tahlil yetarli o'rganilmagan. Ushbu tadqiqotning maqsadi raqamli iqtisodiyot rivojlanishining statistik ko'rsatkichlarini tahlil qilish va iqtisodiy o'sishga ta'sirini baholashdan iborat. Tadqiqot O'zbekistonda raqamli infratuzilma, aloqa texnologiyalari, elektron tijorat va davlat xizmatlari ko'rsatkichlarini statistik ma'lumotlar asosida tahlil qiladi. Natijalar shuni ko'rsatadiki, optik tolali aloqa tarmoqlari 2023-yilga kelib 150 ming kilometrdan oshgan, 4G texnologiyasi aholi punktlarining 90% dan ortig'ini qamrab olgan. 2022-yilda elektron tijoratning umumiy savdo aylanmasidagi ulushi 2% dan oshgan. Bu ko'rsatkichlar raqamli infratuzilma va xizmatlarning jadal rivojlanishini tasdiqlaydi, iqtisodiy o'sish uchun mustahkam poydevor yaratadi.
// Source
Authors: Mirzohid Bobir o'g'li Zaripov, Nigora Shakirova Axralovna