Biologyarticle2026-10-11

ZARARLANGAN VA NAZORATDAGI DARAXTLARNING GULLASH HAMDA MEVA TUGISH KOʻRSATKICHLARINI TAQQOSLASH

Open access0 citations

Abstract

Ushbu maqolada mevali bogʻlarda zararkunandalar bilan zararlangan va nazorat (himoya choralari qoʻllanilgan) daraxtlarning gullash jadalligi, meva tugish foizi, mevalar soni va hosildorligi koʻrsatkichlari taqqoslangan. Samarqand viloyati sharoitida olma bogʻida olib borilgan kuzatishlarda zararlangan daraxtlarda gullash jadalligi, meva tugishi va hosildorlik nazoratga nisbatan sezilarli darajada past boʻlib, zararlanish darajasi ortishi bilan bu koʻrsatkichlarning izchil kamayishi aniqlangan. Zararkunandalarga qarshi himoya choralarini oʻz vaqtida qoʻllash gullash va meva tugish jarayonlarini saqlab qolib, hosilni 35–40 % gacha yoʻqotishning oldini olishi koʻrsatilgan.

// Source

View paper (DOI)Open access versionOpenAlexZenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)Published 2026-10-11

Authors: Shavkat Shaxitovich Begmatov, Chingizxan Sultanovich Nasirov