Society & Economicsarticle2026-10-11

O'ZBEKISTONDA ASOSIY KAPITALGA INVESTITSIYALARNI MOLIYALASHTIRISH MANBALARI TARKIBINING STATISTIK TAHLILI

Open access0 citations

Abstract

Maqolada O'zbekistonda asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi va ularni moliyalashtirish manbalari tarkibining 2021–2025-yillardagi o'zgarishi Milliy statistika qo'mitasining SIAT bazasi asosida tahlil qilindi. Tarkibiy ulush, o'sish sur'ati, Herfindahl-Hirschman indeksi, Pearson korrelyatsiyasi va oddiy chiziqli regressiyadan foydalanildi. Investitsiyalar hajmi 239,6 trln so'mdan 603,6 trln so'mga yetgan; xorijiy investitsiyalar va kreditlar ulushi 34,8 foizdan 66,4 foizgacha oshgan, korxonalarning o'z mablag'lari ulushi 28,5 foizdan 15,0 foizgacha, bank kreditlari va boshqa qarz mablag'lari ulushi esa 8,0 foizdan 1,9 foizgacha kamaygan. Moliyalashtirishda xorijiy manbalar konsentratsiyasi kuchaygan; korrelyatsion natijalar sababiy bog'liqlik emas, tarkibiy statistik munosabat sifatida talqin qilinadi.

// Source

View paper (DOI)Open access versionOpenAlexZenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)Published 2026-10-11

Authors: Nigora Axralovna Shakirova, Ollabergan Subhonqul o'g'li Rahmonov