ABULG'OZIY BAHODIRXONNING SHAJARAI TURK ASARIDAGI ONOMASTIK BIRLIKLARNING LINGVISTIK TADQIQI
Abstract
Til insoniyatning tarixiy-madaniy xotirasi, tafakkuri va qadriyatlarining eng muhim aks ettiruvchisidir. Ayniqsa, ismlar tizimi – onomastik birliklar – xalqlarning madaniy hayoti va tarixini o'rganishda muhim manba bo'lib xizmat qiladi. Turkiy tillar tarixida bu borada eng e'tiborga molik manbalardan biri — 17-asrda yashab ijod qilgan Abulg'oziy Bahodirxonning Shajarai Turk asaridir. Mazkur asar o'z davri uchun ham tarixiy, ham lingvistik jihatdan katta ilmiy qiymatga ega bo'lib, turkiy xalqlarning kelib chiqishi, ularning ijtimoiy tuzilmasi va madaniyatini ismlar tizimi orqali yoritadi [1]. Shu sababli, ushbu maqolada aynan Shajarai Turk asarida uchraydigan onomastik birliklar (antroponimlar, etnonimlar, toponimlar, teonimlar)ning lingvistik tahliliga alohida e'tibor qaratiladi.
// Source
Authors: Nozima Furqat qizi Berdiyeva