O'ZBEKISTONDA GIDROENERGETIK SALOHIYATINI BAHOLASH
Abstract
Ushbu tadqiqotning maqsadi O'zbekiston hududidagi suv omborlarining gidroenergetik salohiyatini baholash va mavjud suv resurslaridan elektr energiyasi ishlab chiqarish maqsadida samarali foydalanish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat. Tadqiqotda suv omborlarining foydali hajmi, suv sathi, suv oqimi, gidravlik bosim va gidroenergetik qurilmalarning foydali ish koeffitsiyenti kabi parametrlar hisobga olinadi. Gidroenergetik quvvatni aniqlash uchun fizik-matematik model, mavsumiy gidrologik tahlil va texnik-iqtisodiy baholash usullaridan foydalanish taklif etiladi. Tadqiqot natijasida suv omborlarini gidroenergetik salohiyat bo'yicha tasniflash, elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatlarini hisoblash va suv resurslarini kompleks boshqarish bo'yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish ko'zda tutiladi. Maqolaning yakuniy natijalari suv omborlari bo'yicha kuzatuv ma'lumotlari asosida hisob-kitoblar bajarilgandan so'ng shakllantiriladi.
// Source
Authors: Maqsud Yusupovich Otaxonov, Shoymurodov Shahriyor Shokir O‘g‘li, Farxod Abukarim o'g'li Xidirov