Engineering & Technologyarticle2026-10-11

HISORAK SUV OMBORI MISOLIDA GIDROENERGETIK SAMARADORLIK VA SUV-ENERGIYA RESURSLARINI INTEGRAL BOSHQARISHNI BAHOLASH

Open access0 citations

Abstract

Ushbu tadqiqotda O'zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyatida joylashgan Hisorak suv ombori misolida gidroenergetik samaradorlik va suv resurslaridan kompleks foydalanish imkoniyatlarini baholash masalalari ko'rib chiqiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi suv omborining mavjud gidroenergetik infratuzilmasini tavsiflash, elektr energiyasi ishlab chiqarish ko'rsatkichlarini tahlil qilish hamda suv omborining foydali sig'imida yuz beradigan o'zgarishlarning energetik boshqaruvga ehtimoliy ta'sirini aniqlashdan iborat. Tadqiqotda ochiq manbalardagi texnik ma'lumotlarni tahlil qilish, energetik ko'rsatkichlarni hisoblash va suv-energiya tizimi o'rtasidagi bog'liqlikni konseptual baholash usullaridan foydalaniladi. Ochiq ma'lumotlarga ko'ra, Hisorak asosiy gidroelektr stansiyasining o'rnatilgan quvvati 45 MW, yillik elektr energiyasi ishlab chiqarishi taxminan 80,9 GWh ni tashkil etadi. 2025-yilda ishga tushirilgan kichik GESning quvvati 3,5 MW bo'lib, uning yillik ishlab chiqarishi 17,5 GWh deb ko'rsatilgan. Ushbu ko'rsatkichlar asosida ikki stansiyaning jami o'rnatilgan quvvati 48,5 MW, e'lon qilingan yillik ishlab chiqarish hajmi esa 98,4 GWh ni tashkil etadi. Suv omborida cho'kindi to'planishi sababli sig'imning kamayishi suv resurslarini uzoq muddatli boshqarishda muhim omil sifatida qaraladi. Tadqiqot natijalari suv omborining gidroenergetik faoliyatini baholashda suv balansi, suv sathi, turbina orqali o'tadigan sarf, napor va cho'kindi dinamikasini birgalikda hisobga olish zarurligini asoslaydi.

// Source

View paper (DOI)Open access versionOpenAlexZenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)Published 2026-10-11

Authors: Maqsud Yusupovich Otaxonov, Shoymurodov Shahriyor Shokir O‘g‘li, Xidirov Farxod Abdukarim O‘g‘li, Husan G'anisher o'g'li Turayev