Society & Economicsarticle2026-10-11

SHAYBONIYLAR DAVRIDA BUXORO XONLIGINING IJTIMOIY HAYOTI

Open access0 citations

Abstract

Ushbu maqolada Shayboniylar sulolasi hukmronligi davrida Buxoro xonligining ijtimoiy hayoti, jamiyatning tabaqalanishi, aholining asosiy ijtimoiy guruhlari hamda ularning jamiyatdagi o'rni yoritiladi. XVI asrda Buxoroning siyosiy va iqtisodiy markaz sifatida rivojlanishi, shahar va qishloq aholisi hayoti, hunarmandchilik va savdo bilan shug'ullanuvchi qatlamlarning faoliyati tahlil qilinadi. Shuningdek, hukmdorlar, amaldorlar, harbiylar, ulamolar, ruhoniylar, savdogarlar, hunarmandlar, dehqonlar va boshqa ijtimoiy qatlamlar o'rtasidagi munosabatlar haqida ma'lumot beriladi. Maqolada vaqf mulklari, madrasalar va diniy muassasalarning jamiyat hayotidagi o'rni ham ko'rib chiqiladi. Shayboniylar davrida Buxoro xonligining ijtimoiy tuzilishi va kundalik hayotida yuz bergan o'zgarishlar tarixiy manbalar asosida yoritilgan.

// Source

View paper (DOI)Open access versionOpenAlexZenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)Published 2026-10-11

Authors: Mohinur Sohibjon qizi Turgʻunaliyeva