Society & Economicsarticle2026-10-10

OʻZBEKISTON VA GERMANIYA TA'LIM TIZIMLARI: SOLISHTIRMA TAHLIL VA RIVOJLANISH YOʻNALISHLARI

Open access0 citations

Abstract

Mazkur maqolada O'zbekiston va Germaniya ta'lim tizimlarining asosiy xususiyatlari, o'ziga xos jihatlari hamda rivojlanish yo'nalishlari qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqotda ta'lim tizimlarining tuzilishi, boshqaruv mexanizmlari, kasbiy va oliy ta'limning tashkil etilishi, nazariy bilim va amaliy ko'nikmalarning uyg'unligi hamda ta'limning mehnat bozori bilan aloqadorligi yoritilgan. Germaniya ta'lim tizimining muhim jihatlaridan biri bo'lgan dual ta'lim modeli va uning yoshlarni kasbiy faoliyatga tayyorlashdagi o'rni tahlil etilgan. Shuningdek, Germaniya tajribasining O'zbekiston ta'lim tizimi uchun ahamiyati, mavjud imkoniyatlar va uni milliy sharoitga moslashtirish masalalari ko'rib chiqilgan. Tadqiqot natijasida ta'lim va ishlab chiqarish o'rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, amaliy ko'nikmalarga yo'naltirilgan ta'limni rivojlantirish hamda yoshlarning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish O'zbekiston ta'lim tizimini takomillashtirishning muhim yo'nalishlari sifatida asoslangan.

// Source

View paper (DOI)Open access versionOpenAlexZenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)Published 2026-10-10

Authors: Zarina Zarifovna Amriyeva, Sadoqat Pirimqulova