Engineering & Technologyarticle2026-10-10

KON ELEKTROMEXANIK TIZIMLARINING MATEMATIK MODELLARINI ISHLAB CHIQISH USULLARI

Open access0 citations

Abstract

Ushbu maqolada kon sanoatida qo'llaniladigan elektromexanik tizimlarning matematik modellarini ishlab chiqishning nazariy va amaliy usullari ko'rib chiqilgan. Kon mashinalari, elektr yuritmalar, konveyerlar, nasos agregatlari, ventilyatorlar va ko'tarish qurilmalarining dinamik jarayonlarini matematik ifodalash masalalari tahlil qilingan. Elektromexanik tizimlarni modellashtirishda differensial tenglamalar, uzatish funksiyalari, holat fazosi modeli, elektr va mexanik qismlarning o'zaro bog'langan tenglamalari hamda eksperimental identifikatsiya usullaridan foydalanish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, matematik modelning adekvatligini baholash, parametrlarni aniqlash va kompyuter modellashtirish orqali tizimning statik hamda dinamik xususiyatlarini tadqiq etish masalalariga alohida e'tibor qaratilgan.

// Source

View paper (DOI)Open access versionOpenAlexZenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)Published 2026-10-10

Authors: M.B. Nasriddinova, O.J. Xudayberdiyev