1925–1941-YILLARDA BUXORO OKRUGI VA VILOYATI HUDUDIDA XOTIN-QIZLARNING TA'LIM VA MEHNAT FAOLIYATIGA JALB ETILISHI
Abstract
Maqolada 1925–1941 yillarda Buxoro viloyati, okrugi va 1938 yilda tashkil etilgan Buxoro viloyati hududida xotin-qizlarni ta'lim tizimiga va ijtimoiy ishlab chiqarishga jalb etish siyosatining mazmuni, bosqichlari va natijalari tahlil qilinadi. Savodsizlikni tugatish kurslari, o'qituvchilar tayyorlash, «Hujum» harakati, muzey va matbuot orqali olib borilgan targ'ibot hamda paxtachilik, qorako'lchilik va hunarmandchilikda ayollar mehnatidan foydalanish masalalari arxiv materiallari asosidagi tadqiqotlar va xorijiy tarixshunoslik yutuqlari bilan qiyosiy o'rganiladi. Jarayon to'rt bosqichga ajratilib, uning ijobiy natijalari bilan birga majburiy usullar keltirib chiqargan ijtimoiy ziddiyatlar ham ochib beriladi.
// Source
Authors: Gulhayo Axtamovna Qayumova