Society & Economicsarticle2026-10-08

MARKAZIY OSIYODA SHARQ RENESSANSI POYDEVORINING EVOLYUTSION BOSQICHLARI

Open access0 citations

Abstract

Ushbu maqolada Markaziy Osiyo hududida ilk va oʻrta asrlarda kechgan madaniy-ma'naviy yuksalish, ya'ni Sharq Renessansining shakllanish poydevori, uning tarixiy-evolyutsion bosqichlari hamda jahon sivilizatsiyasiga koʻrsatgan ta'siri tizimli tahlil qilinadi. Tadqiqotda Islomgacha boʻlgan davr madaniy sintezi, IX-XII asrlardagi Birinchi Sharq Renessansi (Somoniylar, Qoraxoniylar va Xorazm Ma'mun akademiyasi davri) hamda XIV asr oxiri - XVI asr boshlaridagi Ikkinchi Sharq Renessansi (Temuriylar davri) oʻrtasidagi tarixiy uzviylik, ijtimoiy-siyosiy va falsafiy omillar qiyosiy-tahliliy usullar yordamida yoritiladi. Shuningdek, qomusiy olimlarning aniq va ijtimoiy-gumanitar fanlar rivojiga qoʻshgan hissasi ilmiy asoslab beriladi.

// Source

View paper (DOI)Open access versionOpenAlexZenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)Published 2026-10-08

Authors: Dilnoza Doniyarova, Isokulov Abdullo Oblokul o'g'li