Society & Economicsarticle2026-10-06

PUFLAMA YOG'OCH SOZLAR IJROCHILIGIDA OHANGDORLIKNI SHAKLLANTIRISHNING ASOSIY OMILLARI

Open access0 citations

Abstract

Mazkur maqolada zamonaviy puflama yog'och sozlar ijrochiligida ohangdorlikni shakllantirishning asosiy omillari nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Puflama yog'och sozlarda sifatli va ifodali tovush hosil qilish, nafasni to'g'ri boshqarish, artikulyatsiya, legato, frazalash, dinamika, tembr va intonatsiya kabi ijrochilik vositalarining ohangdorlikni yuzaga keltirishdagi ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, fleyta, goboy, klarnet va fagot kabi cholg'ularning o'ziga xos ijrochilik imkoniyatlari hamda ularning zamonaviy musiqiy ijrochilikdagi o'rni ko'rib chiqiladi. Maqolada ohangdorlik faqat tovushning texnik jihatdan sifatli chiqishi emas, balki ijrochining musiqiy tafakkuri, eshitish qobiliyati, badiiy didi va asar mazmunini to'g'ri talqin qilishi bilan bog'liq murakkab jarayon ekanligi asoslanadi.

// Source

View paper (DOI)Open access versionOpenAlexZenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)Published 2026-10-06

Authors: Muxammad Soli Nuriddin Murod o'g'li