Society & Economicsarticle2026-10-05

O'ZBEKISTONDA INVESTITSIYALAR HAJMI VA IQTISODIY O'SISH O'RTASIDAGI BOG'LIQLIK

Open access0 citations

Abstract

Maqolada O'zbekistonda investitsiyalar hajmi va iqtisodiy o'sish o'rtasidagi bog'liqlik 2010–2025-yillar hamda 2026-yil yanvar–iyun ma'lumotlari asosida tahlil qilindi. Empirik baza Milliy statistika qo'mitasi ma'lumotlari, investitsiyalar haqidagi qonunchilik, "O'zbekiston — 2030" strategiyasi va Jahon banki va IMF tahlillaridan iborat. Dinamik qatorlar, o'sish sur'atlari, investitsiya/YaIM ulushi, Pearson korrelyatsiyasi, oddiy regressiya va taqqoslama tahlil qo'llanildi. Natijalar investitsiya faolligi yuqori bo'lganini, biroq investitsiya hajmi bilan real YaIM o'sishi o'rtasidagi qisqa muddatli bog'liqlik kuchsizligini ko'rsatdi. 2026-yilning birinchi yarmida asosiy kapitalga investitsiyalar 338,9 trln so'mga yetib, 17,5 foiz, real YaIM esa 8,5 foiz o'sdi. Asosiy xulosa: iqtisodiy natijani kapital miqdoridan ko'ra uning tarkibi, unumdorligi, texnologik mazmuni va xususiy sektorning ishtiroki belgilaydi.

// Source

View paper (DOI)Open access versionOpenAlexZenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)Published 2026-10-05

Authors: Axralovna Shakirova Nigora, Shermatjon o'g'li Sharifov Dilshodjon