Society & Economicsarticle2026-09-09

KEKSA YOSHDAGI INSONLARDA OSTEOPOROZ RIVOJLANISHI VA PROFILAKTIKASINI BELGILOVCHI OMILLAR.

Open access0 citations

Abstract

Mazkur malakaviy bitiruv ishida keksa yoshdagi insonlarda osteoporoz rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar hamda kasallik profilaktikasi masalalari o'rganildi. Ish davomida osteoporozning kelib chiqish sabablari, rivojlanish mexanizmi, klinik belgilari va diagnostikasi haqida ma'lumotlar keltirildi. Shuningdek, yosh o'tishi bilan organizmda yuz beradigan o'zgarishlar va ularning suyak tizimiga ta'siri yoritildi. Bitiruv ishida osteoporoz rivojlanishida noto'g'ri ovqatlanish, kamharakatlik, vitamin D va kalsiy yetishmovchiligi, zararli odatlar hamda gormonal o'zgarishlarning ahamiyati ko'rib chiqildi. Kasallikning oldini olishda sog'lom turmush tarzi, jismoniy faollik, ratsional ovqatlanish va profilaktik choralar muhim o'rin tutishi ta'kidlandi. Mazkur ish natijalari keksa yoshdagi insonlarda osteoporozning oldini olish, kasallik haqida tushunchani oshirish va sog'lom hayot tarzini shakllantirishda foydali bo'lishi mumkin.

// Source

View paper (DOI)Open access versionOpenAlexZenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)Published 2026-09-09

Authors: Farida Temurovna Yаkubova