SABZAVOT EKINLARI URUG'CHILIGIDA DAVLAT SUBSIDIYALARI VA SOLIQ IMTIYOZLARI: IQTISODIY YUKNI KAMAYTIRISH OMILLARI
Abstract
Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasida sabzavot ekinlari urug'chiligi sohasida amalga oshirilayotgan davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari subsidiyalar va soliq imtiyozlari tizimli tahlil qilinadi. Tadqiqotda 2023-2026-yillarga mo'ljallangan Urug'chilik va ko'chat yetishtirishni rivojlantirish milliy dasturi, Agrar sohada to'lovlar agentligi faoliyati, soliq kodeksiga kiritilgan o'zgartirishlar hamda 2026-yil davlat budjetida qishloq xo'jaligini qo'llab-quvvatlashga ajratilgan mablag'lar miqdori tahlil etiladi. Shuningdek, ushbu moliyaviy mexanizmlarning urug'chilik korxonalarining iqtisodiy yukini kamaytirishdagi roli, ularning samaradorligi va sohani rivojlantirishga qo'shgan hissasi baholanadi. Maqolada davlat qo'llab-quvvatlashining institutsional asoslari, amaldagi subsidiyalar turlari, soliq imtiyozlari mexanizmlari va ularning urug'chilik xo'jaliklari faoliyatiga ta'siri yoritiladi.