O'ZBEKISTONDA INVESTITSIYA LOYIHALARINI DAVLAT TOMONIDAN QO'LLAB-QUVVATLASH MEXANIZMLARI
Abstract
Mazkur tezisda O'zbekistonda investitsiya loyihalarini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning amaldagi mexanizmlari, ularning investitsiya faolligini oshirishdagi o'rni hamda iqtisodiy samaradorligi tahlil qilingan. Tadqiqotda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hamda xorijiy kapital ishtirokidagi loyihalar bo'yicha so'nggi statistik ma'lumotlardan foydalanilgan. Tahlil natijasida davlat tomonidan investitsiya loyihalarini moliyaviy, institutsional, soliq-bojxona va infratuzilmaviy qo'llab-quvvatlash mexanizmlarining ahamiyati asoslab berilgan. Shuningdek, investitsiya loyihalarini tanlash, moliyalashtirish va monitoring qilish samaradorligini oshirish bo'yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
// Source
Authors: Umida Jamoliddin qizi Mizamova