Materials & Energyarticle2026-08-30

AMINOKISLOTALARNING 3D-METALLAR BILAN KOORDINATSIYASI

Open access0 citations

Abstract

Mazkur maqolada aminokislotalarning 3d-metallar, xususan, Mn(II), Fe(II/III), Co(II), Ni(II), Cu(II) va Zn(II) ionlari bilan koordinatsion birikmalar hosil qilishi nazariy va adabiyot ma'lumotlari asosida tahlil qilingan. Aminokislotalarning tarkibidagi aminoguruh va karboksil guruhlar metall ionlari bilan koordinatsion bog' hosil qilishda asosiy donor markazlar sifatida namoyon bo'lishi, shuningdek, yon zanjirdagi funksional guruhlarning kompleks hosil bo'lish jarayonidagi roli yoritilgan. Metall ionining elektron tuzilishi, oksidlanish darajasi, ion radiusi, ligandning protonlanish holati va muhit pH qiymatining komplekslarning tarkibi hamda geometrik tuzilishiga ta'siri ko'rib chiqilgan. Aminokislota–3d-metall komplekslarida monodentat, bidentat va ko'priklovchi koordinatsiya turlari mavjudligi, ularning biologik va analitik kimyodagi ahamiyati tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari aminokislotalarning 3d-metallar bilan koordinatsiyasi metall ionlarining biologik tashilishi, fermentlarning faol markazlari shakllanishi, metall ionlarini aniqlash va yangi funksional koordinatsion materiallar yaratishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatadi.

// Source

View paper (DOI)Open access versionOpenAlexZenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)Published 2026-08-30

Authors: Xursandoy Abdulla qizi. Hayitaliyeva