TURK TILINI O'RGANISHDA TINGLAB TUSHUNISH KO'NIKMASINI RIVOJLANTIRISH METODLARI
Abstract
Tinglab tushunish ko'nikmasi turk tilini o'rganish jarayonida boshqa til ko'nikmalarining rivojlanishi uchun muhim asos bo'lib xizmat qiladi. Mazkur ko'nikmaning yetarli darajada shakllanmaganligi o'quvchilarning og'zaki nutqni tushunishi, muloqotda faol ishtirok etishi va to'g'ri javob qaytarishida qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Ushbu maqolada turk tilini o'rganishda tinglab tushunish ko'nikmasini rivojlantirishga xizmat qiluvchi samarali metodlar tahlil qilinadi. Xususan, autentik audio va video materiallardan foydalanish, tinglashdan oldingi va keyingi mashqlarni tashkil etish, bosqichma-bosqich murakkablashuvchi topshiriqlar hamda raqamli ta'lim vositalaridan foydalanishning afzalliklari yoritiladi. Shuningdek, mazkur metodlarning o'quvchilarning eshitilgan ma'lumotni to'g'ri anglash, asosiy g'oyani ajratib olish va tinglash jarayonida faol fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirishdagi o'rni asoslab beriladi.
// Source
Authors: Dilnoza Ulug'bekovna Sabirova