Society & Economicsarticle2026-08-30

CEFR STANDARTLARINING RAQAMLI TA'LIM TIZIMLARIDA QO'LLANILISHI

Open access0 citations

Abstract

Raqamli ta'lim tizimlarining rivojlanishi xorijiy tillarni o'qitish jarayonida yangi imkoniyatlarni yaratib, standartlashtirilgan baholash tizimlariga bo'lgan ehtiyojni yanada oshirmoqda. Ushbu maqolada CEFR (Common European Framework of Reference for Languages) standartlarining raqamli ta'lim tizimlarida qo'llanilishi va ularning ahamiyati tahlil qilinadi. CEFR mezonlari til ko'nikmalarini A1–C2 darajalar asosida aniq belgilab berishi bilan birga, o'quvchilarning bilim darajasini obyektiv baholash va individual o'quv yo'nalishini shakllantirish imkonini yaratadi. Maqolada CEFR standartlarining onlayn test tizimlari, sun'iy intellekt asosidagi o'quv platformalari va adaptiv ta'lim muhitlariga integratsiya qilinishi yoritiladi. Shuningdek, ushbu yondashuvning ta'lim samaradorligini oshirishdagi roli va o'quvchilarning mustaqil o'rganish ko'nikmalarini rivojlantirishga ta'siri tahlil qilinadi.

// Source

View paper (DOI)Open access versionOpenAlexZenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)Published 2026-08-30

Authors: Dilnoza Ulug'bekovna Sabirova