INTERNET TILSHUNOSLIGIDA PUNKTUATSIYA VA EMOJILARNING O'ZARO MUNOSABATI: SINTEZMI YOKI RAQOBAT?
Abstract
Ushbu maqolada zamonaviy internet tilshunosligining eng dolzarb muammolaridan biri – an'anaviy tinish belgilari va emojilar oʻrtasidagi funksional munosabatlar tahlil qilinadi. Tadqiqotda ushbu ikki lingvistik va paralingvistik vositalarning oʻzaro aloqasi "sintez" (bir-birini toʻldirish va yangi ma'no qatlamlarini yaratish) hamda "raqobat" (emojilarning punktuatsiya vazifalarini egallab olishi) prizmasi orqali koʻrib chiqiladi. Virtual muloqot materiallari asosida emojilarning gap yakunida nuqta, soʻroq yoki undov belgilari oʻrnida qoʻllanish xususiyatlari, shuningdek, matnning emotsional-ekspressiv boʻyogʻini kuchaytirishdagi roli aniqlangan. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, emojilar punktuatsiyani butunlay siqib chiqarmaydi, aksincha, raqamli diskursda sintaktik va pragmatik funksiyalarning gibridlashuviga (sinteziga) olib keladi.